Ushbu Veb-sayt kontenti quyida keltirilgan shartlar asosida boshqariladi:
Ushbu Veb-sayt kontentiga nisbatan Shveytsariya qonunchiligi va Shveytsariya savdo palatalari Arbitraj institutining ekslyuziv yurisdiktsiyasi qoʻllaniladi (yuridik arbitraj joyi Jeneva, Shveytsariya; arbitraj Shveytsariya savdo palatalari Arbitraj institutining 2012 yilgi Shveytsariya xalqaro reglamentiga asosan yoki Shveytsariya savdo palatalari Arbitraj instituti tomonidan tayinlangan yagona arbitr tomonidan amalga oshiriladi). Agar siz ushbu qonunchilik yoki ushbu qonun-qoidalar qoʻllanilishiga qarshi boʻlsangiz, u holda Veb-saytdan foydalanmaslikka chaqiramiz.
Biz jismoniy darajada qurilmalarimizda saqlanayotgan axborotlar va shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlaymiz hamda uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy kirish xavfsizlik tizimimizga xavf solishi mumkin boʻlgan Veb-sayt, binolar, hisoblash texnikasi joylashgan xonalar, ofis, texnologik hududlar va boshqa obʼektlarga kirishni cheklash boʻyicha choralar koʻramiz.
Tijoriy manfaat yoki maxfiy boʻlgan barcha axborotlar, jumladan, shaxsiy maʼlumotlar kompyuterlarda joylanadi yoki saqlanadi, qoʻl kartotekada saqlanadigan har qanday axborotlar koʻrilgan xavfsizlik choralari doirasida yopiq hamda himoyalangan holda saqlanadi.
Biz axborotlarga va shaxsiy maʼlumotlarga kirishni cheklash boʻyicha choralarni koʻramiz, jumladan, mavjud jarayonlarni qoʻllash, foydalanuvchilarni avtorizatsiya va autentifikatsiya qilish, kirishni cheklash maqsadida dasturiy vositalarni nazorat qilish va shifrlash kabi maʼlumotlarni himoya qilish uslublaridan foydalanamiz.
Biz biznes uzluksizligini taʼminlash rejasidan favqulodda holatlardagi harakatlar rejasi sifatida foydalanamiz va u favqulodda holatlarda himoya qilinadigan korxona va aktivlar (shu jumladan shaxsiy maʼlumotlar) funktsiyalarini belgilaydi, biz shuningdek ularni himoya qilish va zarur boʻlgan holatlarda qayta tiklash uchun maxsus amaliyotlarni ishlab chiqdik.
Agar noqonuniy kirish holatlari yuz bersa, ularni aniqlash va oʻrganish maqsadida biz kerakli xavfsizlik choralarini ishlab chiqqanmiz va ular bizni xavfsizlikka tahdid boʻlayotgan holatlar haqida ogohlantiradi. Har bir xavfsizlikni buzish holatini alohida oʻrganishga barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz.
Kompaniya unga ochilgan yoki u tomonidan toʻplangan shaxsiy maʼlumotlar yoki axborotlarning xavfsizligiga kafolat berolmaydi.
Biz sizning tarmoqdagi maxfiyligingizni himoya qilishga qatʼiy niyat bildiramiz va siz tomondan taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish uchun tegishli choralarni koʻramiz. Biz bundan buyon ham sizdan qabul qilib olingan maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha qilgan bayonotimizni amalga oshirishga darhol barcha choralarni koʻrish majburiyatini olamiz.
Biz amaldagi qonunchilikka asosan, barcha majburiyatlarimizni amalga oshirishda davom etamiz. Oʻz navbatida, siz oʻz maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizga rozilik berasiz.
Ushbu maxfiylik siyosati biror tomonga nisbatan hech qanday oʻzaro shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar yuzaga kelishini nazarda tutmaydi.
Bizga yordam berish maqsadida, siz vaqti-vaqti bilan biz soʻragan yoki kerakli xizmatlarni, axborotlarni yoki soʻralgan amaliyotlarni sizga taqdim etishda foydalanishimiz mumkin boʻlgan kerakli maʼlumotlarni taqdim etasiz, buning uchun siz bilan bogʻlanishimiz va ushbu xizmatlar yoki shu kabi faoliyat borasida sizni xabardor qilishimiz mumkin.
Biz sizdan olgan maʼlumotlarimizni guruhimizga kiruvchi kompaniyalar, shuningdek, hamkorlarimizga taqdim etish huquqiga egamiz. Siz bizga uchinchi tomonlarga shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etishga nisbatan noroziligingiz haqida xabar berishingiz mumkin.
Xizmat yoki veb-saytdan foydalanish uchun sizdan registratsiya maʼlumotlari talab qilinishi mumkin. Biz ushbu maʼlumotni saqlab qoʻyamiz, agar bu ishni qilmaslikni iltimos qilmagan boʻlsangiz, undan siz bilan bogʻlanishda, veb-sayt va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida xizmatlar haqida maʼlumotlar taqdim etishda foydalanamiz.
Maʼlumotlar uchinchi tomonlarga sizga veb-saytning cheklangan qismlariga kirish imkonini yaratish, shuningdek talab qilingan maʼlumotlarni pochta orqali olishingiz yoki maʼlum xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishingiz uchun taqdim etiladi.
Biz sizning maʼlumotlarni saqlash hamda kuzatish uchun kuki-fayllardan foydalanishimiz mumkin. Bu bizga banner reklamasi samaradorligi mezonini oʻrnatish imkonini beradi va veb-sayt faolligini aniq tahlil qilishni taʼminlaydi. Kuki-fayllar bu veb-serverdan sizning brauzeringizga yuboriladigan va kompyuteringizda saqlanadigan kichik fayllardir.
Biz sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish uchun bor imkoniyatlarimizdan foydalanamiz. Ammo, internet tarmogʻining oʻziga xos tabiatini inobatga olib siz tomondan onlayn tarzda ochilayotgan har qanday shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilinishiga kafolat berolmaymiz. Oʻz navbatida, siz tomondan taqdim etilayotgan maʼlumotlar himoyasini mustahkamlash uchun gohi-gohida axborotlarni shifrlash texnologiyasidan foydalanamiz. Har qanday holatda ham, siz internet orqali maʼlumotlarni ochish xavfsizligi bilan uzviy bogʻlangan oqibatlarni qabul qilasiz va biz xavfsizlik buzilgan holatlar uchun javobgar emasligimizga rozilik bildirasiz, bizning eʼtiborsizligimiz yoki atayin qonunchilikda belgilangan majburiyatlarimiz buzilgan holatlar bundan mustasno.
Agar siz bizdagi maʼlumotlaringiz xato ekanidan xavotirda boʻlsangiz, ularni toʻgʻrilashimiz uchun biz bilan bogʻlanishni soʻraymiz. Maxfiylik siyosatini hamda maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha maʼlumotni istalgan vaqtda veb-saytimizda ularning yangilangan koʻrinishini joylashtirgan holda oʻzgartirish huquqini saqlab qolamiz.
Ushbu standart sotuv shartlari ("Sotish shartlari") elektron hujjat shaklidagi elektron shartnoma hisoblanadi. Ushbu sotuv shartlari uchun mahalliy qonunchilikdan tashqari jismoniy, elektron yoki raqamli imzo talab etilmaydi.
Ushbu sotuv shartlari sotuvchi oʻz mahsulotlarini veb-sayt orqali taklif etganda va xaridor ushbu taklifni qabul qilib veb-saytda taklif etilgan mahsulotni sotib olishga rozi boʻlganda xaridor va sotuvchi oʻrtasidagi yuridik majburiy hujjat hisoblanadi. Ushbu sotuv shartlari sotuvchining mahsulotini veb-saytda reklama, namoyish va taklif qilishiga nisbatan amal qiladi va majburiy hisoblanadi, shuningdek, ular sotuvchi tomonidan taklif etilgan mahsulotlarni xarid qilishga rozilik bildirgan xaridor uchun ham amal qiladi va majburiy hisoblanadi.
Ushbu Sotuv shartlariga asosan, www.ZoodMall.com manzilida joylashgan ZoodMall Veb-saytida va ZoodMall mobil ilovasidagi (birgalikda "Veb-sayt" deb yuritiladi) Sotuvchidan turli Mahsulotlarni (quyida keltirilgan taʼrifga koʻra) xarid qiluvchi Foydalanuvchi (mehmon yoki roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi boʻlishidan qatʼiy nazar) "Xaridor" deb yuritiladi, Sotuvchi esa Veb-sayt orqali Xaridorga turli mahsulotlarni eʼlon qiluvchi, reklama qiluvchi, namoyish qiluvchi, sotishga taklif etuvchi, taʼminlovchi, bozorda ilgari suruvchi, amalga oshiruvchi va yetkazib beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanadi (keyingi oʻrinlardi "Sotuvchi" deb yuritiladi). Ushbu Sotuv shartlari, jumladan, sotish/xarid shartlari, Xaridor tomonidan sotish taklifini qabul qilish va Sotuvchidan Veb-sayt orqali mahsulotlar va xizmatlarini taʼriflaydi. Ushbu Sotuv shartlari shuningdek vaziyatdan kelib chiqqan holda Xaridor va Sotuvchi uchun majburiy boʻlgan ZoodMall ning ayrim arizalari va javobgarlikdan voz kechish holatlarini oʻz ichiga oladi. Ayrim holatlarda Xaridor va Sotuvchi birgalikda tegishli grammatik shaklda va oʻxshash iboralar yordamida "Siz" deb ataladilar.
Sizdan har qanday mahsulotni taklif qilish yoki har qanday mahsulotni sotib olishdan oldin ahamiyat bilan ushbu sotuv shartlari bilan tanishishni iltimos qilamiz. Ushbu sotuv shartlari turli shartnomalar, shartlar, maʼlumotlarga kirish siyosati, veb-saytdan foydalanish shartlari va boshqa qoidalarga qoʻshimcha hisoblanadi. Sotuvchi mahsulotni veb-saytga joylayotganda taklif etganda yoki taʼriflaganda qoʻshimcha yoki bir-biriga zid shartlar qoʻshishi mumkin (“qoʻshimcha sotuv shartlari”). Agar ushbu sotuv shartlari bilan qoʻshimcha sotuv shartlari oʻrtasida zidlik yuzaga kelsa, qoʻshimcha sotuv shartlari ushbu zid qism va aniq bir bitimga nisbatan hal qiluvchi kuchga ega boʻladi. Agar sotuvchi ushbu sotuv shartlariga rozi boʻlmasa, veb-saytda hech qanday mahsulotlarni joylamasligini va taklif etmasligini soʻraymiz, shuningdek, xaridor ushbu qoʻshimcha sotuv shartlariga rozi boʻlmasa, ushbu veb-saytda joylangan hech qanday mahsulotlarni xarid qilmaslikni va bunga urinmaslikni soʻraymiz.
Ushbu Sotuv shartlari istalgan vaqtda qayta koʻrib chiqilishi mumkin va shu sababli ham Sotuvchilar, ham Xaridorlar biror Mahsulotni xarid qilishdan yoki sotishdan oldin ushbu Sotuv shartlarini vaqti-vaqti bilan diqqatli tarzda oʻqishlari talab etiladi. Yangilangan Sotuv shartlari Veb-saytga joylashtiriladi.
Biz shuningdek sizdan Sotuv shartlaridagi eng soʻnggi oʻzgarishlardan xabardor boʻlish uchun doimiy tarzda Veb-saytga kirib turishingizni iltimos qilamiz. Sotuv shartlaridagi yangi kiritilgan oʻzgarishlardan boxabar boʻlish uchun oʻzingiz javobgar boʻlasiz. Undan tashqari, Xaridorlar oʻz navbatida Sotuvchining sotilayotgan Mahsulotlar uchun Sotuv shartlarini aniqlashtirishingiz lozim. Ehtimol, sizga har qanday qoʻshimchalarga nisbatan rozilik berishingiz talab etilishi mumkin va bu jarayon aniq bir tartibda, siz Veb-saytdan va tegishli xizmatlardan foydalanishingizdan oldin amalga oshiriladi. Agar alohida rozilik talab etilmasa, ushbu oʻzgarishlar kiritilgandan soʻng Veb-saytdan keyingi foydalanishingiz ushbu oʻzgarishlarga rozilik bildirishingizni anglatadi.
Ushbu foydalanish shartlari ("Foydalanish shartlari") elektron shartnoma koʻrinishidagi elektron hujjat hisoblanadi. Ushbu foydalanish shartlari jismoniy, elektron yoki raqamli imzo boʻlishini talab etmaydi.
Ushbu Foydalanish shartlari foydalanuvchi va ZoodMall oʻrtasidagi yuridik majburiyat yuklovchi hujjat hisoblanadi (har bir tomon boʻyicha shartlar quyida keltirilgan). Ushbu Foydalanish shartlari siz tomondan (bevosita yoki bilvosita elektron shaklda yoki elektron hujjat yordamida) tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi va foydalanuvchi va ZoodMall oʻrtasidagi ushbu Veb-saytdan foydalanish borasidagi munosabatlarni (keyingi oʻrinda keltirilgan taʼrifga koʻra) boshqaradi.
Ushbu www.ZoodMall.com manzilida joylashgan veb-sayt va ZoodMall nomli ZoodMall ning oʻz uslubida yaratilgan mobil ilovadan Foydalanish shartlari (birgalikda "Veb-sayt" deb nomlanadi) ZoodMall (keyingi oʻrinlarda "Biz", "Bizni" yoki "Bizning" deb nomlanadi) va veb-saytga tashrif buyuruvchilar yoki roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari (keyingi oʻrinlarda "Siz", "Sizning", "Sizning istagingizga koʻra" yoki "Foydalanuvchi" deb nomlanadi) oʻrtasidagi munosabatlarni ifoda etadi, shuningdek, ZoodMall tomonidan Veb-saytdan yoki ikkinchi darajali yoki yordamchi koʻrinishidagi boshqa xizmatlardan ("Xizmatlar") foydalanish ruxsatini beruvchi shartlarni ifodalaydi.
Ushbu shartlar bilan veb-saytdan foydalanish yoki unda roʻyxatdan oʻtishdan yoki veb-sayt yordamida biror material, axborot yoki xizmatlardan foydalanishdan oldin yaxshilab tanishib olishni soʻraymiz. Agar ushbu shartlardan norozi boʻlsangiz ushbu veb-saytdan foydalanmaslikni soʻraymiz.
Agar ZoodMall mobil ilovasidan yoki ZoodMall mobil ilovasi orqali Xizmatlardan foydalanayotgan boʻlsangiz, ushbu Foydalanish shartlarini keyingi safar qoʻllaganingizda qoʻshima shartlar yuzaga kelishi mumkin (jumladan, Apple ning iTunes , Google ning Play Store, Microsoft Store kabi mobil ilovalar doʻkonlari tomonidan ilgari surilayotgan shartlar) va ular ham ushbu mobil ilovadan foydalanishni boshqarishi mumkin. Ushbu qoʻshimcha shartlar, qoʻllanilish doirasida ushbu hujjat tomonidan ushbu Foydalanish shartlariga iqtibos koʻrinishida kiritilgan deb hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar: ZoodMall sizga Veb-sayt orqali taqdim etiladigan Xizmatlar toʻplamini yaratgan boʻlib, ulardan faqat ZoodMall ga kerakli Foydalanuvchi maʼlumotlarini taqdim etgan va Foydalanuvchi nomi va parol ("Akkaunt") yaratish orqali ZoodMall akkaunti va identifikatorini (ZoodMall ID) yaratgan boʻlsangizgina foydalanishingiz mumkin. Siz shuningdek oʻz akkauntingizni uchinchi tomonlarning veb-sayti orqali, jumladan www.facebook.com, Yahoo Inc yoki uning shoʻʼbalariga qarashli veb-saytlar, Google Inc. yoki uning shoʻʼbalari, Twitter yoki bizning veb-saytda foydalanishga ruxsat etilgan boshqa veb-saytlar yordamida kirishni amalga oshirish orqali ham akkaunt yaratishingiz mumkin (yuqorida keltirib oʻtilgan ZoodMall ID va/yoki begona veb-sayt foydalanuvchisining nomiga, birgalikda yoki alohida shaklda "Akkaunt haqida maʼlumot" deyiladi).
Agar siz Veb-saytda keltirilgan Xizmatlardan foydalanish maqsadida Akkaunt yaratish orqali Foydalanuvchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, ushbu Akkauntga bogʻliq maxfiylik va maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha javobgarlikni qabul qilasiz va akkauntingizdan foydalanilgan holda amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun toʻliq javobgar boʻlasiz. Shu munosabat bilan siz quyidagilarga rozilik bildirasiz: (a) ZoodMall ga sizning Akkauntingizdan noqonuniy foydalanilgan har qanday holat yoki xavfsizlikka tahdid soluvchi har qanday qonunbuzarlik haqida darhol xabar berish, shuningdek (b) har bir sessiyadan soʻng Akkauntingizdan chiqib ketganingizni tekshirish.
ZoodMall ushbu boʻlim shartlarini bajarmaslik oqibatida kelib chiqqan har qanday zarar yoki yoʻqotishlar uchun hech qanday javobgarlikni boʻyniga olmaydi. ZoodMall yoki Veb-saytning boshqa foydalanuvchisi yoki tashrif buyuruvchisi Akkauntingiz xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash uchun yetarlicha chora koʻrmaganligingiz sababli sizning Akkauntingizdan ruxsatsiz yoki ruxsat bilan foydalanish oqibatida koʻrgan zarar uchun javobgarlik sizning zimmangizga yuklanishi mumkin.
Siz Akkauntda koʻrsatgan va Veb-saytning roʻyxatga olish shaklida kiritilgan maʼlumotlarning toʻliq, aniq va eskirmagan ekaniga kafolat berasiz. Xizmatlardan foydalanish uchun boshqa foydalanuvchilarning Akkauntidagi maʼlumotlardan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Agar siz notoʻgʻri, noaniq, eskirgan yoki toʻliqsiz maʼlumotlarni taqdim etgan boʻlsangiz (yoki ular vaqt oʻtib shunday ahvolga kelsa) yoki ZoodMall ushbu maʼlumotlar notoʻgʻri, noaniq, eskirgan yoki toʻliqsiz ekanini gumon qilsa, ZoodMall harakatlarni cheklashi yoki Akkauntingizni oʻchirib Veb-sayt va/yoki Xizmatlardan (toʻliq yoki qisman) foydalanishni taʼqiqlashi mumkin.
Siz shuni aniq tushunasiz va rozilik bildirasizki, ZoodMall, amaldagi qonunchilikda belgilangan eng yuqori darajada, veb-sayt yoki xizmatlar bilan bogʻlangan akkauntingizdan yoki undagi maʼlumotlardan, siz xabardor yoki xabarsiz boʻlishingizdan qatʼiy nazar, noqonuniy foydalanish oqibatida siz koʻrgan zararlar uchun javobgar boʻlmaydi. ZoodMall veb-saytdagi barcha axborotlar toʻgʻri ekanini taʼminlashga bor kuchidan foydalanib harakat qiladi, ammo ZoodMall mahsulotlar yoki xizmatlarning sifati, aniqligi yoki toʻliqligi borasida kafolatlar bermaydi. ZoodMall veb-sayt yoki u bilan bogʻliq funktsional imkoniyatlarning kechikishi yoki ulardan foydalanolmaslik, funktsional imkoniyatlar yoki veb-sayt orqali olingan yoki veb-saytdan foydalanish oqibatida kelib chiquvchi har qanday axborotlar, dasturiy taʼminotlar, mahsulotlar, funktsional imkoniyatlar va ular bilan bogʻliq suratlarni taqdim etish yoki taqdim etilmasligi yoki veb-saytdan foydalanganlik uchun, bu shartnoma asosida, qonunbuzarlik, eʼtiborsizlik, qatʼiy javobgarlik va boshqalar asosida boʻlishidan qatʼiy nazar, javobgar boʻlmaydi. Undan tashqari, ZoodMall texnika sabablarga yoki ZoodMall ning qoʻlida boʻlmagan sabablarga koʻra amalga oshiriladigan texnik sozlash vaqtida yoki veb-saytga kirishda har qanday rejalashtirilmagan cheklovlar sabab veb-saytga kirish imkoniyati yoʻqligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Foydalanuvchi shuni tushunadi va shunga rozilik bildiradiki, veb-saytdan har qanday materiallarni yuklab olish yoki ularni veb-saytdan boshqa shaklda olish bilan bogʻliq harakatlar oʻz xohishingiz va xataringizga asoslanib bajariladi va siz oʻzingizning kompyuter tizimlaringizga yetkazilgan zarar yoki shu kabi materiallar yoki maʼlumotlarni yuklab olish oqibatida yuz bergan maʼlumotlar yoʻqotilishi uchun faqat oʻzingiz javobgar hisoblanasiz. ZoodMall kupon oʻz kuchini yoʻqotishiga olib kelgan matndagi har qanday tipografik xatolar uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olmaydi. ZoodMall sizga taqdim etilgan maʼlumotlardagi xatolar va kamchiliklar uchun, kompaniya oʻz nomidan yoki uchinchi shaxslar nomidan ish koʻrishidan qatʼiy nazar, javobgar boʻlmaydi.
Shartnoma siz yoki ZoodMall tomonidan bekor qilingunicha, quyida keltirilgan shartlar asosida amal qiladi. Agar siz ZoodMall bilan Shartnomani bekor qilish niyatida boʻlsangiz, bu ishni quyidagicha amalga oshirishingiz mumkin:
Yuqoridagilarga qoʻshimcha tarzda, ZoodMall istalgan vaqtda ogohlantirib yoki ogohlantirmasdan ushbu Foydalanish shartlarining amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin boʻladi (yoki ularning bir qismini, masalan alohida Qoʻshimcha shartlar), agar:
Veb-saytdan foydalanish jarayonida, elektron xatlar, maʼlumotlar, axborotlar joʻnatganda yoki ZoodMall bilan axborot almashganda siz ZoodMall bilan elektron hujjatlar orqali xabarlar almashayotganingizga rozilik bildirasiz va tushunasiz hamda zarur boʻlganda, vaqti vaqti bilan ZoodMall dan xabarlar olib turishga rozilik bildirasiz. ZoodMall siz bilan Veb-saytda elektron pochta, xabarnomalar yoki elektron hujjatlar orqali yoki mobil telefoningizga xabarlar yuborish orqali xabarlar almashadi va bu amaldagi qonunchilik doirasida toʻliq hajmdagi xabar berish vositasi/elektron hujjat hisoblanadi.
ZoodMall eng arzon narxlar kafolati dasturi ("EANK") faqat "Eng arzon narxlar kafolati" yorlig'iga ega mahsulotlarga qo'llaniladi hamda quyidagi foydalanish shartlariga asoslanadi ("EANK Foydalanish shartlari"). EANK Foydalanish shartlari ZoodMall tomonidan qo'llaniladigan asosiy foydalanish shartlariga qo'shimcha ravishda qo'llaniladi.
ZoodMall mijozlarga eng yaxshi xarid muhitini yaratishga astoydil harakat qiladi.
Olgan mahsulotlaringiz taʼriflanganday boʻlmasa, nuqsonli yoki zarar koʻrgan boʻlsa, ularni yetkazib berilgan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarib berishingiz mumkin. Ammo, fikr oʻzgarib qaytarish niyati paydo boʻlsa, bu ishni buyurtma joylangan vaqtdan boshlab 8 soat ichida amalga oshirish mumkin boʻladi.
Shuni qayd etish lozimki, ayrim mahsulotlar gigiyenik (ichkiyimlar) va logistik sabablar tufayli qaytarib olinmaydi.
Agar siz barcha talablarga javob bersangiz va qaytarish istagida qolsangiz, Buyurtma sahifasidagi mahsulotning yonidagi "Qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻlanish" tugmasini bosib qaytarish jarayonini boshlashingiz mumkin.
Shuningdek, siz biz bilan +7 727 3110790 telefon raqami orqali bogʻlanishingiz mumkin. Agar qaytarish yuqoridagi talablarga koʻra asosli deb topilsa, mahsulotlar ZoodMall omboriga yetib kelgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida biz sizga xabar beramiz va toʻlovni 14 kun ichida qaytaramiz. Agar qaytarish asosli deb topilmasa, mahsulot oʻzingizga qaytarib yuboriladi.
Hech qanday tez buziluvchi mahsulotlarga nisbatan mahsulotni qaytarib berish/kompensatsiya yoki bekor qilishlar qoʻllanilmaydi. Sizga yetkazildan mahsulotdan koʻnglingiz toʻlganini bilish uchun buyurtmani olishingiz bilan uni diqqat bilan koʻzdan kechiring.
Toʻlovni qaytarib berish mahsulotni qaytarish yoki buyurtmani bekor qilish hollarida amalga oshiriladi. Toʻlovni qaytarib berish talabini buyurtmani olgan kuningizdan boshlab 14 kun ichida kiritishingiz mumkin. Buning uchun Buyurtma sahifasidagi mahsulotning yonidagi "Qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻlanish" tugmasini bosing.
Qaytarib berilgan mahsulotlar uchun toʻlovni qaytarib berish mahsulot ZoodMall obmoriga qaytib tushgandan va yaroqli deb baholanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Agar kredit, chegirma yoki promo kodlar qoʻllanilgan boʻlsa, bekor qilish jarayoni ZoodMall yoki sotuvchi tomonidan boshlanmagan boʻlsa, sizga qaytarib berilmaydi.
Sizga faqat mahsulot uchun toʻlagan pulingiz qaytarib beriladi.
Toʻlovni qaytarish imkon qadar mahsulot uchun toʻlashda foydalanilgan (kredit kartasi/debit kartasi/tarmoq banki yoki toʻlov shlyuzi) toʻlov kanaliga amalga oshiriladi. ZoodMall toʻlovni amalga oshirish rejimini oʻzi tanlash huquqini saqlab qoladi.
ZoodMall qaytarilgan pullar hisobingizga qaytib tushish vaqti borasida kafolat bermaydi. 14 kun ichida pul tushmasa bankingiz yoki toʻlov xizmatlari provayderiga murojaat qiling.
ZoodMall istalgan vaqtda, ogohlantirishsiz toʻlovlarni qaytarib berish mexanizmini oʻzgartirish boʻyicha huquqni oʻzida saqlab qoladi.